Kerrik: «Fernandesh – jamoada muhim shaxs»
Fernandesning Transfermarkt portalidagi bahosi 40 mln yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Brunu Fernandeshning jamoadagi kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Brunu baxtli va fantastik futbol namoyish qilmoqda. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi palladir. Endi uning vazifasi – mavsumni yuqori notada yakunlash. U jamoamizda muhim shaxs va loyihamizning ajralmas qismi», — dedi Kerrik.
Hozirda «qizil iblislar» APLda 3-o‘rinda bormoqda va jamoa 64 ochko to‘plagan. Brunu Fernandeshning Transfermarkt portalidagi bahosi 40 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist