locale OZ

Kenan Yildiz «Arsenal»ga o'tishi mumkin

Transfer qiymati 80 million funt sterling atrofida bo'lishi mumkin.
Kenan Yildiz «Arsenal»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Juventus» hujumchisi Kenan Yildiz faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist David Ornstein xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Arsenal» turkiyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. London klubi ayni paytda kelishuvni amalga oshirishga yaqin turibdi.

Transfer qiymati 80 million funt sterling atrofida bo'lishi mumkin. Yildizning o'zi ham «Arsenal»ga o'tishni istamoqda va «Juventus»ni tark etish jarayonini tezlashtirishga urinmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, Yildiz «Arsenal»ning hujum chizig'iga qo'shiladi va APLda o'zini yangi darajada sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Londonliklar esa yosh va iqtidorli futbolchini tarkibga qo'shib, hujum salohiyatini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting