Kelvin Fillips sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Joriy mavsumda "Transfermarkt" ekspertlari tomonidan 10 mln yevroga baholangan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips Angliya Premyer-ligasining boshqa bir vakili qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Jeremi Krossning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchini uning sobiq jamoasi “Lids” nishonga olgan. “Tovuslar” vakillari Fillipsni ijaraga olishni muhokama qilmoqda.
Agar "Manchester Siti" inglizning haftasiga 250 ming funt (taxminan 285 ming yevro) maoshining katta qismini qoplasa, kelishuv amalga oshishi mumkin.
Fillipsga Yevropaning boshqa yetakchi chempionatlarida ham talab bor. Joriy mavsumda "Transfermarkt" ekspertlari tomonidan 10 mln yevroga baholangan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi maydonda atigi 7 daqiqa o‘ynadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist