Kellini Italiya terma jamoasida yangi lavozimga tayinlanishi mumkin
"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Jorjo Kellini Italiya milliy jamoasi texnik direktori lavozimida Paolo Maldinining o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Paolo Maldini o‘z lavozimini tark etish arafasida.
Bunga uning Andrea Pirlo terma jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilish tashabbuskori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Biroq Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomasi tufayli uning nomzodi rad etilgan.
Xabar qilinishicha, Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Jovanni Malago texnik direktor lavozimiga Jorjo Kellinini tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kellini 2024 yildan buyon "Yuventus" klubida boshqaruv tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.