locale OZ

Kelleher «Liverpool»ga qaytmaydi

U APLda 10 ta “quruq” o‘yin o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kelleher «Liverpool»ga qaytmaydi
ФОТО: Getty images

“Brentford” darvozaboni Kvinvin Kelleher “Liverpool”ga qaytmaydi. Bu haqda Liverpool.com xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, klub uning shartnomasiga qayta sotib olish bandini kiritmagan.

Irlandiyalik darvozabon o‘tgan yozda taxminan 20 million yevro evaziga “Brentford”ga o‘tgandi. Qisqa vaqt ichida asosiy darvozabonga aylandi. U APLda 10 ta “quruq” o‘yin o‘tkazib, kuchli mavsum namoyish etdi.

“Liverpool” klubi Alissonga ehtimoliy transferlarni ko‘rib chiqmoqda. Kelleher ham nomzodlar orasida bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Giorgi Mamardashvili ham yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, Arne Slot tizimida asta-sekin o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting