locale OZ

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo'yicha seminar o‘tkazildi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo'yicha seminar o‘tkazildi
Фото: Бунёдкор ПФК

So‘nggi yillarda O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan totalizator va kelishilgan o‘yinlar kabi illatlarga qarshi kurash yuqori bosqichga chiqdi. Bu kabi qing‘irliklarning oldini olish bo‘yicha ham ko‘plab jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun halol o‘yin prinsiplariga amal qilmayotgan insonlar tegishli tartibda jazolanayotgani hech kimga sir emas.

Kuni kecha O‘FA maxsus inspeksiyasi mutasaddilari odatdagidek, yangi mavsum oldidan Antaliyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan bosh jamoamiz a’zolari uchun onlayn tarzda seminar o‘tkazdi. Seminar davomida rasmiy musobaqalarda ishtirok etadigan “Bunyodkor” futbol klubi jamoalarining hech biri shu kunga qadar bu kabi qing‘ir ishlarga aralashmagani, hatto shubhalanishga ham asos yo‘qligi alohida ta’kidlandi. Shunday bo‘lsa-da, turli xil va’dalarga aldanib, kelishilgan o‘yinlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi, uning salbiy oqibatlari va qo‘llaniladigan choralar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting