Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan zargar Ronalduga 1,3 mln dollarlik soat sovgʻa qildi
Bu haqda Arabo Instagram sahifasida ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
Asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan mashhur zargar va Jacob & Co brendi asoschisi Jeykob Arabo portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga qiymati $1,3 mln boʻlgan soat sovgʻa qildi. Bu haqda Arabo Instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Yaqin atrofda edim, shuning uchun Ronalduga 1,3 mlnlik dollarlik soatni shaxsan yetkazib berishga qaror qildim», — deb yozdi zargar.
Uchrashuv davomida Arabo «An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga qahrabo tusidagi Caviar Tourbillon soatini taqdim etdi. Mazkur model toʻq sariq sapfir toshlari bilan bezatilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist