locale OZ

Kazemironing «MYU»ni tark etish sabablari maʼlum boʻldi

Avvalroq mankunianliklar mavsum yakunida braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishini eʼlon qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemironing «MYU»ni tark etish sabablari maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» va 33 yoshli yarimhimoyachi Kazemiro o‘rtasidagi hamkorlikni yakunlash qarori o‘zaro kelishuv asosida qabul qilingan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyatining yangi falsafasiga binoan, jamoada Kazemiro kabi yoshi katta va yuqori maosh oladigan futbolchilar qolishi istalmayapti. O‘z navbatida, braziliyalik yarimhimoyachi ham «qizil iblislar» safidagi faoliyati o‘z yakuniga yetganini anglagan.

22 yanvar, payshanba kuni «Manchester Yunayted» mavsum yakunida futbolchi bilan xayrlashishini rasman e’lon qildi.

Kazemiro «Manchester Yunayted»ga 2022 yilda Madridning «Real» klubidan kelib qo‘shilgan. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 146 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting