locale OZ

Kazemiro «San-Paulu»ga qaytmaydi — manba

Avvalroq braziliyalik yarimhimoyachi «Inter Mayami» bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro «San-Paulu»ga qaytmaydi — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Kazemiro joriy mavsum yakunida ingliz klubi bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng vataniga qaytish niyatida emas. Bu haqda «San-Paulu» sport direktori Ruy Kosta ma’lum qildi.

«Biz bir kuni bu haqda gaplashdik va yetakchi futbolchilarimizdan biri Kazemiroga xabar yubordi. Kim ham uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamaydi? U esa darhol javob qaytarib, Braziliyaga qaytish niyati yo‘qligini, faoliyatini boshqa ligada davom ettirmoqchi ekanini aytdi.

«San-Paulu» Kazemiro bo‘yicha rasmiy taklif bermadi va jamoamiz tarkibini aniq tasavvur qilmasdan turib, bunday qilish mantiqsiz bo‘lar edi», — deya Kostaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kazemironing «Manchester Yunayted» bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Yanvar oyida klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasliklarini rasman tasdiqlagan edi.

Joriy mavsumda 34 yoshli tajribali yarimhimoyachi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting