locale OZ

Kazemiro oldida ikkita variant bor

Uning "Manchester United" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro Messi jamoa do'stiga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Manchester United"ni tark etishga tayyorlanayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro faoliyatini davom ettirish uchun ikki yo'ldan birini tanlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qildi.

Manbada aytilishicha, braziliyalik futbolchiga Braziliyaning "San-Paulu" hamda argentinalik hujumchi Lionel Messi to'p surayotgan Amerika klubi "Inter Miami" qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchi va "qizil iblislar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati shu yozda yakuniga yetadi.

Joriy mavsumda Kazemiro 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting