Kazemiro «MYU» rahbariyati bilan uchrashib, oʻz oʻrniga «Nyukasl» futbolchisini tavsiya qildi
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum oxirida mankunianliklar safini tark etadi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Kazemiro klub rahbariyati bilan uchrashib, o‘zining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodni muhokama qildi. AS nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi «Nyukasl»ning 28 yoshli a’zosi Bruno Gimaraynsni tavsiya qilgan. Kazemiro hamyurti Manchesterda muhim figuraga aylanish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.
Kazemiro shu yozda «Manchester Yunayted»ni erkin agent maqomida tark etadi, chunki klub bilan yangi kelishuvga erishilmadi. Gimaraynshning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning qiymatini 75 mln yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Gimarayns «Nyukasl» safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist