locale OZ

Kazemiro: \"MLSda faqat bitta jamoada o‘ynashni istardim\"

34 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etib, “Inter Mayami” bilan 2027-yilgacha shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro: "MLSda faqat bitta jamoada o‘ynashni istardim"
FOTO: Getty Images

Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro nima uchun aynan “Inter Mayami”ni tanlaganiga izoh berdi. Uning aytishicha, agar MLSda o‘ynashga to‘g‘ri kelsa, faqat shu klubni tanlardi.

“MLSda o‘ynash haqida o‘ylaganimda, faqat bitta klub xayolimga kelardi — bu “Inter Mayami”. Klubning loyihasi, shaharning o‘zi va Messi bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyati meni bu qarorga olib keldi.”

34 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etib, “Inter Mayami” bilan 2027-yilgacha shartnoma imzoladi. Bitimni 2029-yilgacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Ayni paytda MLS klubning ushbu transferi yuzasidan reglamentga rioya qilingan-qilinmaganini o‘rganmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting