locale OZ

Kazemiro: «Manchester men uchun har doim uy bo‘lib qoladi»

Braziliyalik futbolchi "MYU"ni tark etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro: «Manchester men uchun har doim uy bo‘lib qoladi»
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro ijtimoiy tarmoqlarda ingliz klubini tark etayotganini ta’sirli post orqali e’lon qildi.

«Hayotimiz davomida ko‘plab joylardan o‘tamiz, biroq ba’zilari bizning bir qismimizga aylanadi. Manchester men uchun har doim uy bo‘lib qoladi.

Bu shaharga, klubga va har bir muxlisga samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu to‘rt yil unutilmas bo‘ldi va men ham, oilam ham bu yerdagi har bir lahzani umrimiz davomida eslab qolamiz. Bu yerda his qilgan baxt va iliqlikni so‘z bilan ifodalash qiyin.

Qo‘llab-quvvatlaganingiz, har bir xotira uchun va bizga birinchi kundanoq o‘z uyimizdek muhit yaratganingiz uchun rahmat.

Men har doim “qizil iblis” bo‘lib qolaman», — deb yozdi futbolchi.

34 yoshli yarim himoyachi 2022 yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 160 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting