Kazemiro kelajagi borasida bir qarorga kelgan
Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted"ning tajribali yarim himoyachisi Kazemiro jamoada qolishni istamoqda.
Jurnalist Grem Beylining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi klub rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko‘rsatilgan. Ammo tomonlar moliyaviy bandlarni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda 33 yoshli braziliyalik "Manchester Yunayted" safida APLda 15 ta o‘yinda 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist