locale OZ

Kazemiro «Inter Mayami» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi — Romano

Barcha tomonlar og‘zaki kelishuvga erishib, barcha rasmiyatchiliklarni hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro «Inter Mayami» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi — Romano
ФОТО: Getty images

Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro va MLS klubi «Inter Mayami» shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Barcha tomonlar og‘zaki kelishuvga erishib, barcha rasmiyatchiliklarni hal qildi. Ayni paytda shartnomaning imzolanishi va braziliyalik futbolchining transferi e’lon qilinishi kutilmoqda. Kazemironinig o‘zi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surishni xohlaydi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» yarim himoyachining klubdan ketganini rasmiy tarzda e’lon qilgandi. 2025/2026 yilgi mavsumda Kazemiro Angliya Premer-ligasining 34 ta o‘yinida maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting