locale OZ

Kazemiro faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Braziliyalik futbolchi okean orti vakillari bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Kazemiro MLS klublari bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Braziliyalik futbolchi uchun kurashda «Los-Anjeles» klubi yetakchi hisoblanadi, deb xabar bermoqda jurnalist va insayder Ekrem Konur.

«Manchester Yunayted» rahbariyati yuqori maosh oladigan, yoshi katta futbolchilardan voz kechib, jamoa tarkibini yangilashga qaror qilgan. Kazemiro ham «qizil iblislar» safidagi vaqti yakuniga yetganini anglab yetgan.

22 yanvar kuni «Manchester Yunayted» yarimhimoyachining mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e’lon qildi.

Kazemiro 2022 yilda Madridning «Real» klubidan ko‘chib o‘tgan va shu vaqt ichida barcha musobaqalarda 146 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi hamda 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting