Kazemiro Braziliya — Yaponiya o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro JCh-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Yaponiya bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
Tajribali futbolchi jamoasi uchun muhim pallada sahnaga chiqdi. Yaponiya birinchi bo‘limda hisobni ochganidan so‘ng, Braziliya ikkinchi bo‘limda bosimni kuchaytirdi va 56-daqiqada aynan Kazemiro hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv oxirida esa Gabriel Martinelli g‘alaba golini urib, Braziliyani keyingi bosqichga olib chiqdi.
Kazemiro bahs davomida sariq kartochka ham oldi. 90+1-daqiqada esa u jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Shu tariqa, Braziliya Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, mundialdagi yurishini davom ettirdi. Jamoa 1/8 finalda Kot-d’Ivuar — Norvegiya uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.