locale OZ

Kaysedo «Real» taklifini rad etib, «Chelsi» bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2033 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kaysedo «Real» taklifini rad etib, «Chelsi» bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachisi Moyses Kaysedo «Real» va boshqa bir qator klublar taklifini rad etib, «ko‘klar» bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

17 aprel kuni «Chelsi» ekvadorlik futbolchi bilan amaldagi mehnat kelishuvini 2033 yilga qadar uzaytirganini rasman e’lon qildi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kaysedoga «PSJ» va «Bavariya» kabi jamoalar ham qiziqish bildirgan. 24 yoshli yarimhimoyachining yangi shartnomaga ko‘ra maoshi haftasiga 200 ming funtni (230 ming yevro) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kaysedo 2023 yilning yozida «Brayton»dan «Chelsi» safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ekvadorlik futbolchi barcha turnirlar doirasida 141 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting