locale OZ

Kayl Uoker kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kayl Uoker kelajagi borasida bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker kelajagi borasida bir qarorga keldi.

The Independent xabariga ko'ra, futbolchi “Manchester Siti”ga qaytmaydi. “Milan” Uokerni sotib olmoqchi emas. Shunga qaramay, u “shaharliklar”ni tark etadi. Futbolchi "Man Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning ham rejalariga kiritilmagan.

Uokerga Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klublari qiziqish bildirmoqda.

Kayl Uoker 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Umuman, futbolchi ingliz grandi tarkibida 319 ta o'yin o'tkazgan. Ularda u 6 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting