locale OZ

Kayl Uoker — \"Byornli\" futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kayl Uoker — "Byornli" futbolchisi
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker “Byornli” bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar berdi.

“Manchester Siti”dagi barcha xodimlar Kaylga faoliyatining keyingi bobida omad tilaydi”, — deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq xabar berilishicha, “Byornli” Uokerning transferi uchun 5 million funt to‘laydigan bo‘lgan. Futbolchi oldida “Fenerbaxche” jamoasidan taklif bo‘lishiga qaramay, u APLda qolishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Uoker 2017 yildan beri “Manchester Siti”da to‘p surib keladi. Bu vaqt davomida jamoa bilan birga olti marotaba APLda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting