locale OZ

Kay Xaverts Kyurasaoga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Germaniya 1-turda oʻta yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kay Xaverts Kyurasaoga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xaverts JCh-2026 guruh bosqichi 1-turi doirasida Kyurasaoga qarshi kechgan uchrashuvning (7:1) eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda. Mazkur oʻyinda forvard Dik Advokat boshqaruvidagi jamoa darvozasiga dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu bahsdan soʻng Germaniya 3 ochko bilan «E» guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ochkoga ega boʻlmagan Kyurasao esa toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Guruhning qolgan ikki jamoasi — Ekvador va Kot-d'Ivuar terma jamoalari oʻrtasidagi 1-tur uchrashuvi 15-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Guruh bosqichining 2-turida Germaniya milliy jamoasi Kot-d'Ivuar bilan (20-iyun), 3-turda esa Ekvador bilan (25-iyun) kuch sinashadi. Kyurasao esa 2-turda Ekvador (21-iyun), 3-turda esa Kot-d'Ivuar (25-iyun) bilan toʻqnash keladi.

Maʼlumot uchun, Jahon chempionatining guruh bosqichi uchrashuvlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jcomalar oʻzaro bir davrali tizimda (har biri uchtadan oʻyin) maydonga tushishadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi terma jamoa hamda uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa yoʻl oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting