locale OZ

Kavani «Boka Juniors»ni tark etadi

Edinson Argentina chempionatida 2023 yildan beri to'p surayotgan edi,
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kavani «Boka Juniors»ni tark etadi
ФОТО: Getty images

Edinson Kavani Argentinaning "Boka Juniors" klubini tark etmoqda. Bu haqda urugvaylik hujumchi rasman e'lon qildi.

U endi 39 yoshida o'zi uchun yangi futbol maskanini — ehtimol, faoliyatidagi so'nggisini qidirmoqda.

Kavani Argentina chempionatida 2023 yildan beri to'p surayotgan edi, biroq klubning yangi ustozi Ruben Arruabarrena uni asosiy futbolchi sifatida ko'rmasligini ma'lum qildi.

Bunday sharoitda "Matador" g'urur bilan ketishni afzal ko'rdi. Eslatib o'tamiz, o'tmishda Edinson Kavani Angliyaning "Manchester Yunayted", Fransiyaning "PSJ", shuningdek, Italiyaning "Napoli" kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting