Katulondi Kati Navbahorni tark etdi
Katulondi Kati "Navbahor" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 550 daqiqa harakat qilib, bitta gol urdi hamda ikki marta ogohlantirildi.
photo: Navbahor FK
Katulondi Kati Navbahorni tark etdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
"Ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz safida bir qator o'zgarishlar amalga oshishi kutilmoqda. Jumladan, mavsum avvalida jamoamiz safiga Kongo DRdan kelib qo'shilgan hujumchi Katulondi Kati bilan ikki tomonning kelishuviga ko'ra, do'stona xayrlashildi.
Katulondi Kati jamoamiz safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 550 daqiqa harakat qilib, bitta gol urdi hamda ikki marta ogohlantirildi.
Biz Katulondi Katiga jamoamiz safida o'tkazgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor