locale OZ

«Kattaqo‘rg‘on» jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi Afrosiyob Arenada o‘tkazadi

“Afrosiyob Arena” 2004-yilda qurib bitkazilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Kattaqo‘rg‘on» jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi Afrosiyob Arenada o‘tkazadi
Фото: Про-лига

“Kattaqo‘rg‘on” klubi Proliga doirasidagi “Aral” jamoasiga qarshi uchrashuvini Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena”da o‘tkazadi. Klub qisqa vaqt ichida ushbu stadionga viloyat sporti ravnaqi yo‘lida sarmoya kiritib, uni Proliga talablariga mos holatga keltirdi – maydon chimi parvarish qilindi, stadion translyatsiya qilish uchun moslashtirildi. Natijada “Afrosiyob Arena” yuqori darajadagi futbol uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi rekonstruksiya qilinayotgan stadion to‘liq tayyor bo‘lgunga qadar, jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi ushbu arenada o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “Afrosiyob Arena” 2004-yilda Universiada–2004 Respublika talabalar sport o‘yinlarini o‘tkazish maqsadida qurib bitkazilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting