locale OZ

Kaspar Shmeyxel faoliyatini yakunladi

Bunga elkadagi jiddiy jarohat sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kaspar Shmeyxel faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

Shotlandiyaning «Seltik» klubi hamda Daniya milliy jamoasi darvozaboni Kaspar Shmeyxel professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

39 yoshli posbonning aytishicha, bunga elkasidagi jiddiy jarohat sabab bo‘lgan.

«Elkam bo‘yicha bir nechta jarroh va mutaxassislar bilan maslahatlashdim. Ular elit futbolga qaytishimga umid qilmaslik kerakligini aytishdi.

Men uzoq o‘yladim va hozir faoliyatni tugatish uchun eng to‘g‘ri vaqt deb qaror qildim», — dedi Shmeyxel.

Kaspar Shmeyxel faoliyati davomida bir qator yirik muvaffaqiyatlarga erishgan.

U «Lester» safida 2015/16 yilgi mavsumda sensatsion tarzda APL chempioniga aylangan. Shuningdek, «Seltik» bilan Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Daniya milliy jamoasi tarkibida esa Yevro-2020 bronza medali sohibi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting