Kasemiro: \"Inter Mayami\" uchun borimni beraman\"
34 yoshli futbolchi "Inter Mayami" bilan 2027-yil MLS mavsumi oxirigacha shartnoma imzoladi.
Foto: Getty Images
Braziliyalik yarim himoyachi Kasemiro "Inter Mayami"ga o‘tganidan so‘ng yangi klubi haqida ilk fikrlarini bildirdi.
"Har bir futbolchi kabi meni ham eng ko‘p ilhomlantiradigan narsa — g‘alaba qozonish va doimiy rivojlanish. Klub menga taqdim etgan loyiha va meni bu yerga olib kelish uchun qilgan sa'y-harakatlari men uchun juda katta ahamiyatga ega.
Menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Bu ishonchni oqlash uchun nafaqat o‘yinlarda, balki har bir mashg‘ulotda ham bor kuchimni beraman", — dedi Kasemiro.
34 yoshli futbolchi "Inter Mayami" bilan 2027-yil MLS mavsumi oxirigacha shartnoma imzoladi. Bitimni 2029-yilgacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist