locale OZ

Kasado yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kasado yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado joriy yozgi transfer oynasida kataloniya klubi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi Hans-Diter Flik qo'l ostida yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli iyul oyida jamoani tark etishi kutilmoqda.

«Barselona» maoshlar limitini yengillashtirish maqsadida Kasadoni to'liq transfer asosida sotishni afzal ko'rmoqda. Futbolchining o'zi esa Yevropa klublaridan biriga o'tib, muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lishni istamoqda.

Mark Kasado «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Futbolchining kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting