locale OZ

Kasado faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kasado faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Diario AS xabariga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan birida davom ettirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting