locale OZ

Kasado «Deportivo»ga ijara asosida o‘tdi

Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 18 mln yevroga baholamoqda.
Kasado «Deportivo»ga ijara asosida o‘tdi
ФОТО: Getty images

«Barselona» yarimhimoyachisi Mark Kasado yangi mavsumni «Deportivo» klubida o‘tkazadi. Tomonlar futbolchining bir mavsumlik ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shu tariqa, 22 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va o‘zini yanada ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ijara muddati yakunlanganidan so‘ng Kasado «Barselona»ga qaytishi kutilmoqda.

Kasado «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi.

Yarimhimoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 18 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting