Karvaxalning xizmatlari APLning 3 ta klubiga taklif qilindi
Bu haqda insayder Luis Karlos Largo ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
34 yoshli ispaniyalik himoyachi Dani Karvaxalning xizmatlari Angliyaning uchta klubiga — «Manchester Siti», «Liverpul» va «Fulxem»ga taklif qilindi. Bu haqda insayder Luis Karlos Largo ma’lum qildi.
Karvaxal bahorda Madridning «Real» klubini tark etgan va shundan buyon erkin agent maqomida qolmoqda.
Qizig‘i, ayni paytda «Fulxem»ni Karvaxalning «Real»dagi sobiq jamoadoshi Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. Arbeloa o‘tgan mavsumda madridliklar bosh murabbiyi vazifasida ishlagan.
Karvaxal «Real» safida 2013 yildan buyon to‘p tepgan. Ispaniyalik himoyachi madridliklar bilan 4 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va 6 bor UYEFA Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.