Karvaxal va Morata Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
"Real" himoyachisi Daniyel Karvaxal va "Como" hujumchisi Alvaro Morata 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ikki futbolchi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening tayyorlagan 55 nafarli kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilmadi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, qaror allaqachon qabul qilingan va o‘zgarishi kutilmaydi. De la Fuente Karvaxal va Morataning o‘yinini uzoq vaqt kuzatib borgan, biroq ularning past forma va yuqori jarohat xavfi sababli ularni ro‘yxatga kiritmagan, klubda yaxshi holatda bo‘lgan futbolchilarga ustunlik bergan.
Eslatib o‘tamiz, ilgari Karvaxal va Morata terma jamoa sardorlari qatorida bo‘lgan. Mavsum yakunida, 25 may kuni esa 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib e’lon qilinadi.