Karvaxal Messi va Ronalduning farqli tomonlari haqida gapirdi
Krishtianu va Leo avvalroq «Real» va «Barselona» sharafini himoya qilgan.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda «Inter Mayami» forvardi Lionel Messi o‘rtasidagi farq nimada ekanini tushuntirib berdi.
Avvalroq Ronaldu «Real» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Messi uzoq yillar davomida Kataloniyaning «Barselona» klubi safida to‘p surgan.
«Messi — ko‘plab golli vaziyatlar yarata oladigan futbolchi. U maydonni juda yaxshi ko‘ra oladi, to‘pni nazorat qilish darajasi yuqori va uzatmalari ham juda aniq.
Lionel bo‘sh hududlarni topishni a’lo darajada biladi, Ronaldu esa tezlik bilan raqib jarima maydoniga yorib kirish borasida ustunlikka ega», — deya Karvaxalning so‘zlarini keltiradi Barca Worldwide.
Nasrullo Karimov
Jurnalist