locale OZ

Karvaxal: «Biz hammamiz Alonsoni toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz»

«Real» himoyachisi jamoa bosh murabbiyi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karvaxal: «Biz hammamiz Alonsoni toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sardori va himoyachisi Dani Karvaxal futbolchilar jamoa bosh murabbiy Xabi Alonsoni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi. Oldinroq OAV ba’zi «Qirollik klubi» futbolchilari ispan mutaxassisining metodikasidan norozi ekanini yozgan edi.

«Biz hammamiz 100% Xabi Alonsoni qo‘llab-quvvatlaymiz. U kuchli, g‘oyalari esa tushunarli va barqaror. Natijalar yaxshi bo‘lmagan paytlarda har doim mish-mishlar paydo bo‘ladi, lekin biz aniq Xabi tomonda turamiz», — dedi Karvaxal matbuot anjumanida.

Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yoz «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Hozirgi kunda La Ligada 19 turdan so‘ng «qirollik klubi» 45 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting