locale OZ

Karvajal jarohat sabab 4 haftaga safdan chiqdi

33 yoshli futbolchi Madrid derbisida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karvajal jarohat sabab 4 haftaga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Real” himoyachisi Dani Karvajal “Atletiko”ga qarshi Madrid derbisida jarohat oldi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, 33 yoshli futbolchining o‘ng oyoq mushaklari shikastlangani aniqlangan.

Insayder Aranxa Rodrigesning ma'lumotlariga ko‘ra, Karvajalning tiklanishi uchun taxminan to‘rt hafta kerak bo‘ladi.

Shu tariqa, “Real” Trent va Karvajalni ham yo‘qotdi. Endi Alonso bu pozitsiyada kimdan foydalanishi ko‘pchilikka qiziq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid derbisi Xabi Alonsoning jamoasi uchun yirik 2:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting