locale OZ

Karrik: «Himoyadagi o‘yinimizni yaxshilash va yanada kuchayish ustida ishlashimiz kerak»

«Qizil iblislar» ustozi jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karrik: «Himoyadagi o‘yinimizni yaxshilash va yanada kuchayish ustida ishlashimiz kerak»
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Biz o‘yinni yomon boshladik va qiyin vaziyatga tushib qoldik. Ammo Rashford, Bruno, Mbemo va boshqa futbolchilar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Menimcha, bu yerda gap o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikda emas. Shunchaki, avvalgi o‘yinlardagidek o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Himoyadagi o‘yinimizni yaxshilash va yanada kuchayish ustida ishlashimiz kerak.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin jamoa munosib reaksiya ko‘rsatdi, deb o‘ylayman. O‘yinning ayrim qismlarida nazoratni qo‘lga oldik va vaziyatlar yaratdik. Bu borada «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadigan ayrim boshqa jamoalarga qaraganda yaxshiroq harakat qildik.

Shubhasiz, natijalar biz kutgandek bo‘lmayapti. Ammo jamoa yaxshi ishlamoqda. Xatolar ustida ishlashimiz kerak, shunda natijalar ham keladi», — deya Karrikning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting