locale OZ

Karrager «Liverpul»ning transfer siyosatini keskin tanqid qildi

Ekspertning fikricha, klub omadsiz xaridlar uchun haddan tashqari koʻp pul sarflab yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karrager «Liverpul»ning transfer siyosatini keskin tanqid qildi
FOTO: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, bugungi kunda taniqli ekspert Jeymi Karrager klubning transfer siyosatini yana bir bor o‘tkir tanqid ostiga oldi. Bu galgi asosiy e’tirozlar jamoaga katta mablag‘ evaziga kelgan hujumchi Aleksander Isak va yarimhimoyachi Florian Virtsga qaratildi. The Athletic nashrining yozishicha, Karrager «Liverpul»ni o‘z transfer maqsadlarini tanlashda uquvsizlikda ayblagan.

Ekspertning fikricha, klub omadsiz xaridlar uchun haddan tashqari ko‘p pul sarflab yuborgan. Karrager o‘z chiqishida tarkibdagi nomutanosiblikni alohida ta’kidladi:

«Mening kallamga sig‘maydigan narsa — qanday qilib 125 million funtlik va 69 million funtlik ikki hujumchini bitta jamoada birlashtirish mumkin?», — deya hayronligini yashirmadi sobiq futbolchi.

Aleksander Isakning «Liverpul»dagi ko‘rsatkichlari haqiqatan ham savollar tug‘dirmoqda: u jami 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 3 ta gol va 1 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Buning ustiga, 2025 yil dekabr oyida «Tottenhem»ga qarshi bahsda oyog‘idan og‘ir jarohat olgan shved hujumchisi ayni damda uzoq muddatli reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda.

Germaniyalik iqtidor Florian Virts ham «Bayer»dan 125 million yevro evaziga transfer qilinganiga qaramay, hozircha o‘zini ko‘rsata olmadi. Uning hisobida 30 ta uchrashuvda 4 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Karragerning fikricha, bunday astronomik summalar evaziga kelgan futbolchilar jamoa o‘yiniga ko‘proq ta’sir o‘tkazishlari lozim edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting