locale OZ

Karrager: «Gyokereshni jahon darajasidagi hujumchi deb hisoblamayman»

Taniqli ekspert «Arsenal» forvardi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karrager: «Gyokereshni jahon darajasidagi hujumchi deb hisoblamayman»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» afsonasi va taniqli ekspert Jeymi Karrager «Arsenal» hujumchisi Viktor Gyokeresh haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Karrager shvetsiyalik forvardni hali jahon darajasidagi yulduz deb hisoblamasligini aytsa-da, uning ruhiyatiga yuqori baho berdi.

«Men Gyokereshni jahon darajasidagi hujumchi yoki «Arsenal» uchun yaqin besh yillikdagi ideal forvard deb hisoblamayman. Ammo menga uning mentaliteti juda yoqadi. Unda zarracha ikkilanish yo‘q: to‘pni qabul qiladi va darvozaga yo‘llaydi. Uning o‘yinga bo‘lgan munosabati va o‘ziga bo‘lgan ishonchida Alan Shirerga xos xislatlar bor», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, Gyokereh joriy mavsumda 15 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan «Arsenal»ning eng samarali futbolchisi bo‘lib turibdi. U «gol+pas» tizimida 17 ochko to‘plagan holda jamoa yetakchisiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting