Karpin «Dinamo»ni tark etdi
U bungacha ham klub, ham terma jamoani boshqarayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Valeriy Karpin Moskvadagi “Dinamo” klubi bosh murabbiyligi lavozimidan ketishini e'lon qildi.
"Hurmatli muxlislar, bugun men Moskvadagi “Dinamo” klubidagi faoliyatimga nuqta qo‘yishga va butun e'tiborimni Rossiya terma jamoasiga qaratishga qaror qildim.
Rahbariyatga, futbolchilarga, klubning barcha xodimlariga va, albatta, “Dinamo” muxlislariga minnatdorlik bildirmoqchiman.
Bu men uchun muhim davr bo‘ldi. Har kuni his qilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorman. Jamoaga chin dildan omad tilayman”, — dedi Karpin o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Karpin bungacha ham klub, ham terma jamoani boshqarayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist