locale OZ

Karlush Keyrush Gana terma jamoasiga qaytdi

73 yoshli murabbiy qisqa tanaffusdan so‘ng milliy jamoaga qaytmoqda.
Karlush Keyrush Gana terma jamoasiga qaytdi
Foto: Getty Images

Portugaliyalik tajribali mutaxassis Karlush Keyrush yana Gana terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasman ma’lum qildi. 73 yoshli murabbiy qisqa tanaffusdan so‘ng milliy jamoaga qaytmoqda.

Keyrush 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Gana terma jamoasini tark etgan edi. Afrika vakili musobaqaning 1/16 finalida Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan.

Endi portugaliyalik murabbiyning asosiy vazifasi jamoani 2027-yilgi Afrika Millatlar kubogiga olib chiqish bo‘ladi. Gana sentyabr oyida saralash bosqichidagi yurishini boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Keyrush boshchiligidagi Gana saralash bosqichi guruhida Kot-d’Ivuar, Gambiya va Somali terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting