locale OZ

Karlos Alberto Parreyra o‘pka yallig‘lanishi sabab operatsiya qilindi

Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab shifoxonada davolanmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Karlos Alberto Parreyra o‘pka yallig‘lanishi sabab operatsiya qilindi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karlos Alberto Parreyra sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab shifoxonada davolanmoqda.

83 yoshli mutaxassis o‘pka yallig‘lanishi tufayli operatsiya qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan va Parreyraning umumiy holati barqaror deb baholanmoqda.

Shunga qaramay, braziliyalik murabbiy hozircha shifokorlar nazoratida qolmoqda. U intensiv terapiyaga muhtoj bo‘lib, nafas olishi maxsus hayotni ta’minlovchi apparatlar yordamida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Parreyra 12 kun avval shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha uning qachon uyiga javob berilishi noma’lum.

Karlos Alberto Parreyra Braziliya futboli tarixidagi muhim shaxslardan biri hisoblanadi. U uch marta Braziliya terma jamoasini boshqargan va 1994-yilgi Jahon chempionatida jamoani chempionlikka olib kelgan.

Bundan tashqari, Parreyra 1970-yilgi g‘alabali mundialda Mario Zagallo murabbiylar shtabida ham ishlagan. Shu sababli uning nomi Braziliya futbolidagi eng katta yutuqlar bilan bog‘lanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting