locale OZ

Karlo Anchelottining Vinisius boʻyicha maxsus rejasi bor — manba

Braziliya terma jamoa JCh-2026dagi ilk oʻyinini Marokashga qarshi oʻtkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelottining Vinisius boʻyicha maxsus rejasi bor — manba
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining milliy jamoa vingeri Vinisius Juniorni maydonda ishlatish boʻyicha maxsus rejasi bor, deya xabar bermoqda Globo nashri.

Futbolchiga hujumda erkinlik berish va qarshi hujumlarda asosiy figyraga aylantirish maqsadida, Vinisius jamoa toʻpga egalik qilayotgan vaqtda chap qanot vingeri, jamoa himoyalanayotganida esa markaziy hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi dunyo birinchiligi finalida argentinaliklar Fransiyaga qarshi bahs olib borishgan. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan (4:2).

Maʼlumot uchun, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Marokashga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin 14-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting