Karlo Anchelotti “Real Madrid”ga qaytdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti payshanba kuni “Real Madrid”ning Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdi. Italiyalik mutaxassis sobiq futbolchilari bilan ko‘rishdi va jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan uchrashdi.
Anchelotti ayniqsa “Real” safidagi braziliyalik futbolchilarning holatiga qiziqdi. Vinisius Junior, Rodrigo, Eder Militao va Endrik Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi diqqat markazida. Rodrigo, Militao va Endrik ayni paytda jarohatdan tiklanmoqda.
Mutaxassis hozir Yevropa bo‘ylab safarda bo‘lib, Braziliya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni kuzatmoqda. Anchelotti yaqin kunlarda sentyabrdagi yig‘in uchun kengaytirilgan ro‘yxatni shakllantirishi kerak.
Ma’lumot uchun, Anchelotti “Real Madrid”ni ikki davrda — 2013–2015 va 2021–2025-yillarda boshqargan. U Madrid klubida uch marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan — 2014, 2022 va 2024-yillarda.