Karlo Anchelotti Rafinyani hujum markazida sinab ko‘rmoqchi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona” hujumchisi Rafinyani markaziy hujumchi sifatida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Murabbiyning bunday qaroriga Rafinyaning klubdagi sermahsul o‘yinlari sabab bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi so‘nggi bahslarda “Rasing” va “Sevilya”ga qarshi o‘yinlarda xet-trik qayd etgan.
Anchelotti Rafinyani aynan markazda o‘ynatish orqali uning hujumdagi imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishni ko‘zlamoqda. Futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida markaziy hujumchi pozitsiyasida ham muvaffaqiyatli harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 29-sentyabr kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi. Bahsda Rafinyaning qaysi pozitsiyada maydonga tushishi katta qiziqish uyg‘otmoqda.