Karlo Anchelotti: «Natija eng asosiysi emas, lekin u kamchiliklarimizni ko‘rsatib berdi»
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Fransiya terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Umuman olganda, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Biz kurashdik, yaxshi o‘yin namoyish etdik, ayniqsa, standart vaziyatlarda faol bo‘ldik, bu juda muhim. Biz xursandmiz. Natija eng asosiysi emas, lekin u nimalarni yaxshi bajarganimizni va qayerda xatoga yo‘l qo‘yganimizni ko‘rsatib berdi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda CNN Brasil.
Eslatib o‘tamiz, har ikki jamoa ham joriy yilning yozida AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 turnirida ishtirok etadi. Yevropa saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, Fransiya «D» guruhida 16 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Braziliya terma jamoasi esa Janubiy Amerika saralash guruhida 28 ochko bilan beshinchi pog‘onadan joy oldi.