Karlo Anchelotti mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida qatnashmadi
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCh-2026 nimchorak finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, rejalashtirilganidek mikst-zonada OAV xodimlari bilan uchrashish uchun ko‘rinish bermadi. Italiyalik mutaxassis o‘yin yakunlanishi bilan to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan.
Mikst-zonada Karlo Anchelottining o‘rniga uning yordamchisi va o‘g‘li Davide Anchelotti jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 1/8 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi. Norvegiyaliklar safida Erling Xoland dubl qayd etgan bo‘lsa, braziliyaliklarning yagona javob golini penaltidan Neymar kiritdi.
Mundialning chorak finalida Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi. Avvalroq, 1/16 final bosqichida Braziliya Yaponiya to‘sig‘idan o‘tgan (2:1), Norvegiya esa Kot-d`Ivuar ustidan g‘alaba qozongan edi (2:1).