locale OZ

Karlo Anchelotti: «Jahon chempionatida hali aniq favorit yo‘q»

Braziliya 1/16 finalda Yaponiya bilan maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti: «Jahon chempionatida hali aniq favorit yo‘q»
ФОТО: Getty images

Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichidan keyin turnirda hali yaqqol favorit shakllanmaganini ta'kidladi.

«Ayrim jamoalar guruh bosqichida boshqalarga nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Ammo menimcha, hozircha aniq favorit yo‘q. Bu jahon chempionati yuqori raqobat va jamoalar o‘rtasidagi kuchlar muvozanati bilan ajralib turadi», — dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Braziliya 1/16 finalda Yaponiya bilan maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting