locale OZ

Karlo Anchelotti dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin

Braziliya futbol konfederatsiyasi italiyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. AS nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu kelashuv amalga oshsa, italiyalik mutaxassis milliy jamoalar miqyosida dunyoning eng yuqori maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, Anchelottining yillik maoshi qariyb 40 mln yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, amaldagi kelishuvda Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozongan taqdirda, murabbiy uchun 5 mln yevro miqdorida qo‘shimcha bonus ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 66 yoshli mutaxassis 2025 yilning may oyidan buyon «pentakampeonlar»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida braziliyaliklar uning qo‘l ostida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida «Milan», «Real Madrid», «Yuventus», «PSJ», «Bavariya», «Everton» va «Napoli» kabi Yevropaning yetakchi klublarida muvaffaqiyatli ishlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting