locale OZ

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi
Photo: Getty Images

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan ish boshlaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, Anchelotti Braziliya bilan kelishuvga erishgan. Endilikda murabbiy “Real” bilan shartnomani bekor qiladi. Italiyalik mutaxassis may oyining oxirida Braziliya terma jamoasi bilan ish boshlaydi.

Anchelotti “Real”da 2021 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Endilikda uning o'rnida Xabi Alonso ish boshlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting