locale OZ

Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasida 2030 yilgacha qoladigan bo‘ldi — ESPN

Italiyalik mutaxassis 2025 yilning may oyida braziliyaliklarni qabul qilib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasida 2030 yilgacha qoladigan bo‘ldi — ESPN
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligida 2030 yilga qadar faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) va murabbiyning o‘zi hamkorlikni uzaytirish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, konfederatsiya shu haftaning boshida yangi shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib olgan va tayyor loyihani Anchelottiga yuborgan. Hozirda tashkilot murabbiyning imzosini kutmoqda.

Shartnoma yana to‘rt yilga uzaytirilgani haqidagi rasmiy bayonot yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassisning yangi kelishuv bo‘yicha maoshi o‘zgarishsiz qoladi. Anchelotti 2025 yilning may oyida kelishilganidek, yiliga 10 million yevro ishlab topishda davom etadi. Ta’kidlash joizki, ushbu summa Braziliya terma jamoasi bosh murabbiylari tarixidagi eng yuqori maosh hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting