locale OZ

Karlo Anchelotti “Arsenal”ga uchralgan mag'lubiyatning asl sababini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti “Arsenal”ga uchralgan mag'lubiyatning asl sababini aytdi
FОТО: Reuters

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga (3:0) uchralgan mag'lubiyatning asl sabablarini aytib o'tdi.

“Statistika ko'rsatib turibdi: biz raqiblarimizdan kamroq yugurdik va bu bizga ta'sir qildi. Biz yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi.

Javob o'yinida vaziyatni to'g'rilashga harakat qilamiz. “Real” buni ko'p bor qila olgan yagona jamoa, lekin biz buni yana uddalashimiz kerak.

Muxlislarimiz va stadionimiz bizga qanchalik yordam bera olishini bilamiz. Biz oxirgi daqiqalargacha bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Arsenal” o'rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o'yini 17-aprel kuni bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting